![]() |
(16.06.2016 21:20) |
(16.06.2016 21:20) |
(16.06.2016 21:19) |
(14.06.2016 22:32) |
(14.06.2016 22:29) |
(14.06.2016 22:28) |
20:10 |
Parvozga biroz vaqt bor edi. Bekor ötirishni yoqtirmagan ayol dökondan bitta kitob va pecheniya sotib oldi. Bösh kursilardan biriga ötirib kitobini öqiy boshladi. Kitobni berilib öqir ekan, nogoh yonidagi kursida ötirgan odam pecheniyasidan olishga jur'at qilayotganini sezib qoldi. Ammo birgina pecheniya uchun nazokatsizlik qilgisi kelmadi. Dam-badam u ham soatiga qarab qöyardi. Kitob öqib bittadan pecheniya ög'irlayotgan odamga köz qirini tashlar ekan, asabiylashmaslikka urinardi. Pecheniya ög'risi sekin-sekin pecheniyalarni olayotganida unga e'tibor bermaslikka va soat millari yurishini kuzatib, uning chiqillashini eshitishga harakat qilardi. Öziga-özi: "Agar madaniyatli маданиятли bölmaganimda shu odamning közlarini kökartirardim", - derdi. Har gal pecheniya olaman deganida, u ham qölini uzatardi. Оxiri paketda bitta pecheniya qolgach, "Qani endi nima qilasan?", - dedi ichidа. Haligi odam istehzoli kulimsirab, oxirgi pecheniyani oldi va ikkiga bölib yarmini ayolga uzatdi. Ayol illat bilan pecheniyani olarkan "Bu qanday bezbetlik! Bunchalar qöpol bölmasa bu odam. Bir og'iz rahmat ham demadi" - deb gapirib ketdi öz-öziga. Ayol hech qachon bunday asabiylashmasdi. Samolyotning uchish vaqti yetgach chuqur tin oldi. Yuklarini olib eshik tomon yurdi. "Pecheniya ög'risi" ga qayrilib ham qaramadi. Samalyotga chiqdi va örniga joylashdi. "Pecheniya ög'risi"dan qutilganiga shukr qildi. Bir bora uning adabini bermaganiga afsuslandi. "Janob,- deyishi kerak edi u,- Shukr qiling, sizdek nazokatsiz emasman, aks holda yuzingizga tarsaki tushirgan bölardim. Ammo, siz qilgan ish rasman ög'rilik sanaladi. Pecheniya ög'riligi... Bildingizmi?!" Shularni hayol qilib, qölini sumkasiga uzatdi. Chala qolgan kitobini öqimoqchi böldi. Shu onda kördiki, dökondan sotib olgan bir paket pecheniyasi uning sumkasida turardi. Bir og'iz ham gapirmay, eng oxirgi pecheniyasini ham u bilan baham körgan odamdan borib uzr sörashga endi kech edi. Qöpol va jur'atli "pecheniya ög'risi" ning samalyoti allaqachon uchib ketgandi..... |
|
Всего комментариев: 0 | |