![]() |
(16.06.2016 21:20) |
(16.06.2016 21:20) |
(16.06.2016 21:19) |
(14.06.2016 22:32) |
(14.06.2016 22:29) |
(14.06.2016 22:28) |
21:56 |
Kunlardan bir kuni er xotini uchun it sotib olib keldi. Ular endi shu kuchukchaga o'z mehrlarini berishdi, parvarishladilar. Vaqt o'tib kuchukcha salobatli itga aylandi. U bir necha marta o'z egalarini o'g'rilardan qutqardi. 7 yil shu zaylda o'tib ketdi va uzoq kutilgan mo'jiza sodir bo'ldi. Ayol homilador bo'lib, ular farzandli bo'lishdi. Endi bor mehr farzandga qaratildi. It bularni kuzatarkan,endi bu oilaga o'zini keraksizday his etdi, hamda farzanddan uy sohiblarini rashk qila boshladi... Kunlardan bir kuni chaqaloqni yolgiz qoldirib er xotin bir yumush bilan hovliga chiqishdi... Ishni bitirishib chaqaloq yotgan xonaga yaqinlashganlarida xonadan hurpaygan, jag'ida qon bilan chiqib kelayotgan itni ko'rib ayol xushidan ketib yiqildi... Er esa o'zini yo'qotmadi, aksincha devorda osig'liq turgan ov miltig'ini olib itning miyasidan otib tashladi... Dilbandi yotgan xonaga kirdi... Xonada sokinlik hukm surar, chaqaloq mazza qilib uxlab yotardi. sal nariroqda esa bo'g'ma ilonning parchalangan jonsiz tanasi yotardi... |
|
Всего комментариев: 0 | |