![]() |
(16.06.2016 21:20) |
(16.06.2016 21:20) |
(16.06.2016 21:19) |
(14.06.2016 22:32) |
(14.06.2016 22:29) |
(14.06.2016 22:28) |
12:26 |
Yigit o'rnidan turdi. Deraza qarshisiga kelib ko'chaga qaradi. Tong yorisha boshlagan, qushlarning chug'ur-chug'uri olamni buzadi. Ko'chada mashinalar qatnovi yana "avji"ga chiqyapti. Onda-sonda yugurishga chiqqan odamlar ko'zga tashlanadi... Yigit yana o'z hayollari bilan yolg'iz qoldi. U hayotga to'ymay ketayotganidan afsuslanardi. To'g'rida hali qancha umr ko'rdi?... 19 yil. Bor yo'g'i 19 yil a? Afsus... Yigit birdan shu turishidan, yani o'limini kutib yashayotganidan uyaldi "Nega endi o'limimni kutib o'zimni o'zim qiynashim kerak? Qancha umrim qolgani esa xudoga ayon. Endi qolgan umrimni shod o'tkazaman. Axir mening ham baxtli yashashga haqqim borku". U shunday dediyu o'zining ko'nglini ko'tardi. O'zi yoqtirgan ko'k rangli futbolkasini kiydi. Musiqa markaziga o'zi yoqtirgan qo'shiqchisining diskini qo'ydi. Undan 22-qo'shiqni qo'ydi. "Muhabbat, bormikan undan davo una bir a`zo, na bir hato, agarda qilsa mubtalo holating aniq yuz tuban g`aribu gado, na bir ihlos qoldi, na bir nafsingni hojatiga ahamiyat hamma narsa bitib bo`ldi ado yuragimni makonu xonadon qilib oldi ming dardu balo honavayronman..." Yigit bu hayotdan "sevgi" degan tuyg'uni his qilmasdan, bu tuyg'unini "azobini" tatib ko'rmasdan hayotni tark etayotganidan yana bir bor afsuslandi... "Telba Majnunman, boru yo'g'im Layli..." Yigit xonasidan chiqdi. Yuvindi, soqolini oldi, sochini taradi. Keyin onasi bilan nonushta qilib onasini ishga kuzatdi. Televizor qarshisiga cho'kdi. U kanaldan bu kanalga o'tqazdi. Yo'q zerikdi. Kiyinib ko'chaga chiqdi. Olamda bahor. Kun juda yoqimli edi. Ko'cha oxiridagi yozuv uni o'ziga tortdi "LORD of RINGS". "Qiziq bu nima ekan? Borib ko'raychi"- hayolidan o'tkazdi yigit. Bu joy CD sotiladigan do'kon ekan. Yigit ichkariga kirdi va... Va u sevib qoldi. Sotuvchi qiz uning yuragini o'g'irladi. Sekin qizning yoniga bordi. Qiz boshini ko'tarib: "Assalomu aleykum. Keling. Sizga qanday yordamim tegishi mumkin?" Qiz jilmaydi va bu tabassum yigitning nazdida shu paytgacha ko'rgan eng go'zal tabassum edi. Yigit: "A…ha… um… Men CD sotib olmoqchi edim." U bitta diskni olib pulini to'ladi. "Uni sizga o'rab beraymi?", so'radi qiz yana boyagi tabassumi bilan. Yigit boshini qimirlatib tasdiqladi va qiz ichkari xonaga diskni qadoqlash uchun kirib ketdi. Biroz vaqtdan so'ng qiz qaytib keldi va diskni uzatdi. Yigit diskni olib do'kondan chiqdi. Shu kundan boshlab u har kuni CD do'koniga borar va CD sotib olardi. Qiz esa o'z navbatida doim diskni o'rab berardi. U disklarni o'z xonasidagi shkafga tashlab qo'yardi. U hanuz qizga o'z ko'nglini ochishga, uni biror joyga taklif qilishga uyalardi. Buni juda xohlasada hecham qilolmasdi. Bir kuni onasi bu haqda bilib qoldi va unga qizni biror joyga taklif qilishni maslahat berdi. Yigit ertasi kuni o'zining butun jasurligini yig’ib do'konga bordi. Doimgidek disk sotib oldi, qiz ham diskni qadoqlash uchun ichkariga kirib ketdi. Diskni yana olib chiqib berdi. Yigit diskni oldi va qiz qaramay turgan bir vaqtda stol ustida telefon raqamini qoldirgancha yugurib chiqib ketdi: "Qo'ng’iroq qil!"... Qiz bir necha kundan so'ng qo'ng'iroq qildi. Onasi telefon go'shagini ko'tardi: "Allo" Telefonda esa qiz edi. U bolani so'radi, onasi yig’lab yubordi va dedi: "Bilmasmidnigiz? U kecha olamdan o'tdi..." Telefon liniyasi yigit onasining yig’isini hisobga olmaganda jim-jit edi. O'sha kuni keyinroq ona o'g’lini sog’ingani uchun uning xonasiga kirdi. U birinchi bo'lib o'g’lining kiyim- kechaklarini ko'zdan kechirishni o'yladi. Ona shkafni ochdi. U uyum-uyum qadoqdagi ochilmagan CD disklarga duch keldi. Ona buncha disklarni topib olganidan hayratda edi. U disklardan birini qo'liga olib, divanga borib o'tirdi va uni ochishni boshladi. Qadoq ochilganida uning ichidan bir bo'lak qog’oz parchasi yerga tushdi. Ona uni qo'liga olib o'qiy boshladi. Unda shunday yozilgan edi: ”Salom. Menimcha sen juda ham kelishgan yigitsan. Kel, biror joyga boramiz. Sevinch bilan, Jasmin". Ona boshqa CD ni ochdi. Unda ham bir bo'lak qog’oz bor edi. Unda: ”Salom, menimcha sen juda ham kelishgansan. Men bilan biror joyga borishni hoxlamaysanmi? Sevgi bilan Jasmin". Ona juda uzoq yig'ladi... |
|
Всего комментариев: 0 | |