![]() |
(16.06.2016 21:20) |
(16.06.2016 21:20) |
(16.06.2016 21:19) |
(14.06.2016 22:32) |
(14.06.2016 22:29) |
(14.06.2016 22:28) |
12:22 |
sog'ingan yigit Telefon apparatini qo'liga oldiyu o'sha qadrdon raqamni terdi. Kechirasiz aloqa yo'q. Qayta-qayta terdi. Aloqa yo'q. Nega endi aloqa yo'q. Sog'inganimni naxot bilmasa, oradan 2 soatcha vaqt o'tib ko'zi ilingan shekilli, telefoniga kelgan -sms- uyg'otib yubordi. Ochib qarasa, Abonent 99893 944 ... ... , stal dostupen. Kulib qo'ydida, tez telefon qildi. Telefonni chaqiruv ovozidan ko'ngli to'lib, sevgilisini javob berishini kutdi. Va nihoyat qiz javob berdi. Laylo: alo Assalom aleykum yaxshimisiz. Yigit: valeykum yaxshimisan. Laylo: mazayiz yaxshimi. Yigit: ha yaxshi seni ovozingni eshitgim keldi. Qayerdasan. Laylo: uydaman. Ko'ylak dazmol qilayotganidim. Yigit: kuydirib qo'yma, xayoling bir joyda tursin. Sal xayolparastroqsan. Laylo: xo'p Yigit: meni ham ko'ylagimni qachon dazmol qilasan. Laylo: vaqti kelganda, voy uzr keyin gaplashaylik uyga mehmonlar keldi shekilli oyim chaqirdi. Yigit: mayli boraqol keyin gaplashamiz. Xayr. Laylo: xayr, o'ziyizni extiyot qiling. Yigit: kim uchun. Laylo: ko'chadagi qizlar uchun, Yigit: xo'p bo'pdi, xozir ham uchrashuvga ketyabman. Laylo: qanaqa uchrashuv. Yigit: bir qiz bilan. Laylo: xazillashdim. Men uchun o'ziyizni extiyot qili. Begona qizlaga qaramang. Xo'pmi. Yigit: xo'p sen faqat menikisan faqat meniki. Laylo: ajab bo'pti. Yigit: kelgan mehmoning vaqtini topib kebdi- da Laylo: bo'pti xayr. Yigit: xayr. Ularni sevgisi kuchli edi. Yigit telefonni qo'ydiyu uzoq o'yladi. Laylo b/n bir umr birga bo'lishini o'ylasa yuragi entikib ketadi. Laylo ham charos ko'zli, doim kulib yuruvchi, oydakkina, bir qaragan odamni yana qaragisi keltiradigan, qiz edi. Yigit uni kollejda o'qib yurgan paytlarda uchratgan. O'shanda ko'nglidan bir nima o'tgandi. Yaqin bir oygacha Layloni kuzatib yurdi. Kuzatganda ham obdon kuzatdi. U o'zini muhabbatini uchratganini ko'ngli seza boshlagandi. Yaxshi qizga o'yshaydi. O'qishidan keyin to'g'ri uyga ketarkan orqasidan xech kimni ergashtirmas ekan. O'ylardi yigit o'sha paytlari. Bir kuni Layloni o'qishidan chiqishini poylab turarkan negadir yuragi tez-tez urardi. Laylo o'rtoqlaridan ajrab bir o'zi qolguncha unga yaqinlashmadi. Va nihoyat bir o'zi qoldi. Yigit Layloni orqasidan kuzatib ketaverdi. Uni oldiga yaqinlashishga yuragi betlamadi. Laylo uning orqasidan kimdir kelayotganini sezdi lekin qarashga andisha qildi. Uyaldi. Yigit bora bora Layloga gapirish mavridi kelmagandek orqaga qaytdi. Shu xolat ertasi kuni ham takrorlandi. Indini kuni xuddi hammasi uyushtirilgandek yigitga taqdir kulib boqdi. Kollejda boladigan tadbirga aynan Laylo ham qatnashadigan bo'ldi. Yigit ham tadbirda qatnashadigan qatnashchilardan edi. Shunaqa qilib ular tanishishgan edi. Yigit xozirgacha Layloni biron marta qo'lidan ham ushlamagan, xattoki qizni nozik qalbiga ozor yetkazmaslik uchun, unga qattiq gapirishga yuragi betlamaydi. Oradan hash-pash deguncha mana ikki yil o'tdi. Yigit kollejni bitirib oliy o'quv yurtiga xujjat topshirdi. Omadi kelmay imtixondan yiqildi. Bu xabarni eshitgan Laylo yigitga mayli xafa bo'mang bu safar bo'masa keyingi safar albatta o'qishga kirasiz, axir shu b/n xayot to'xtab qolmaydi-ku dedi. Laylo o'zi esa kollejni bitiruvchisi edi. Ularni sevgisi pinxona edi. Shunday qilib vaqtlar o'tardi. Yigit bekor yurmasdan ishga ham kirdi. Laylo chiroyli qizligi uchun uni xaridorlari, qizga sovchilarni yubordi. Laylo ularga parvo ham qilmasdi. Chunki uni ko'ngli boshqada. Bu ikki sevishganlar boshida xayotni achchiq sinovlari borligidan bexabar edilar. Bir kuni yigitni ishxonasida falokat bo'ldi. Mashina ko'targich qiyshiqroq o'rnatilganligini xech kim sezmadi. Yigit esa shu mashinani tagida ishlardi. Kutilmaganda ko'targich qiyshayib mashina yigit oyoqlari ustiga tushdi. Yigitni oyoqlari sindi yigit og'riq kuchidan xushini yo'qotdi. Ko'zini ochganda kasalxonada edi. Yigit achchiq yig'ladi. Og'riqdan emas boshiga tushgan ishdan yig'ladi. Qiz ham bu shum xabardan xabar topdi. Kasalxonaga uchib keldi. Va tushakda yotgan yigitni ko'rib beixtiyor yig'lab yubordi. Sizga nima bo'ldi. Og'zidan chiqgan so'z shu bo'ldi. Yigit Layloga nimaga yig'layabsan menga hech narsa qilmadi. Xammasi yaxshi dedi. Laylo men hammasini eshitdim. Doctordan, dediyu yigitni quchib rosa yig'ladi. Yigit ham Layloni quchoqlab, nima bo'layotganiga aqli yetmasdi. Layloni qo'yib yuborgisi kelmasdi. Jondan ortiq ko'ruvchi insoni yonidaligidan xursand edi. Layloni mehrini, uning yurak urushini yuragi b/n xis qilayotgandi. Oyog'idagi og'riq ham bir daqiqaga esdan chiqgandi. Laylo qilgan ishidan uyalib uni quchog'idan chiqmoqchi bo'ldi. Yigit qo'yib yubormadi. Yigit sekin boshini ko'tarib Layloni ko'ziga qaradi. Qizargan ko'zlaridan ko'zini uzolmadi. Unga yaqinlashib bo'sa oldi. Laylo uyalib uni qo'yib yubordi. Yigit ham qo'yib yubordi. Xayajondan qiz gapni boshqa tomonga burdi. Bu orada qizga og'iz solgan sovchilardan biri yigitni endi u cho'loq bo'lib qolarkan deya uydirma gapni o'ylab topdi. Yigitni ikkila ovog'i singandi. Sovchilarga rad javobini bergan Layloni sevgani borligidan uydagilari ham xabar topishdi. Surishtirishgan yaxshi yigit, oilasi ham yahshi. Lekin endi nima bo'ladi. Yigit cho'loq bo'lib qolarkan Layloni uydagilari shunday o'ylashdi. Sovchilar yana keldi. Qizingizni Sevgan yigiti cho'loq b/b qolarkan, endi ham shu cho'loq bolaga berasizmi, yo o'ylashib ko'rasizmi. Layloni onasi yigitni cho'loq bo'lib qolganiga umuman ishongisi kelmasdi. Laylo tushkun kayfiyatda uyiga keldi. Qarasa uyida mehmonlar paydo bo'lib, qolibdi. Kimligi b/n qiziqmadi ham, o'zini xonasiga kirdi. Orqasidan onasi kirdi. Laylo anavi Sherzod degan yigitdan yana kelishdi. Oyi men o'lsam ham unga tegmayman. Kimga tegasan o'sha cho'loq yigitingami bo'lmasa, oyi u cho'loq emas, oyoqlari singan axir dadamni oyog'i singan, 3-4 yil oldin tuzaldi-ku, sen qanaqa qizsan u endi cho'loq b/b qolarkan, kasalxonada ishlaydigan ayoldan eshitishibdi, sovchilar. Layloni onasini battar jahli chiqib, meni unaqa bolaga beradigan qizim yo'q. Sherzodni uyidagilariga rozi bo'laman dediyu orqasiga o'girilib chiqib ketayotgan ediki, Laylo qichqirib menga desa shol b/b oyog'i umuman ishlamay qomaydimi, baribir Sherzodga tegmayman, agar sovchilarga rozi bo'lsangiz men o'zimni o'ldiraman dedi. Onasi gapiga e'tibor bermadi. Laylo bo'lishi mumkin emas, sevgan insonim oyoqlari cho'loq bo'lmaydi. Agar sovchilarni gapi rost bo'lib rostdan cho'loq b/b qolsalar ham taqdirga tan berib bir umr shu insonni xizmatini qilaman deb dilidan o'tkazdi. Kun oxirlab kechki ovqat paytida ham Laylo ovqatlangani chiqmadi. Sovchilar ketgan onasi ularga nima javob qilganini ham o'ylamadi. U faqat yaqin insonini o'ylardi. Og'riqdan azoblanayotgani haqida o'ylardi. Uxlab qolibdi. Ertasiga Laylo hammasini eshitdi. Malum bo'lishicha: Onasi maslahat qilib ko'rish uchun aniq bir javob aytmagan. Hamma balo shu kuni boshlandi. Layloni ko'ngliga xech kim qaramadi. Laylo qizim deb gap boshladi onasi; bu hammani boshida bor. Men ham boshimdan o'tkazganman. Sevgi o'tkinchi narsa mana men dadanga turmushga chiqib yomon bo'lganim yo'qku. Qo'y o'sha bolani dadang ham qarshi bo'ldi. Mana Sherzod ham yomon bola emasku, biz seni baxtingni o'ylayabmiz dedi. Oyi men Sherzod b/n baxtli bo'lolmayman. Uni sevmayman dedi Laylo. Oyi dadamga emas o'sha sevgan insoniyizga turmushga chiqganiyizda balki meni tushunardiyiz men faqat o'sha yigit b/n baxtli bo'la olaman dedi. Oyi aytganingizni qilaman. Faqat meni tushuning dedi. Onasi qizini yalinishlariga chidolmadi. Va hammasi vaqt xukmiga tashlab qo'ydi. Bu orada Laylo buvisinika borib ertaroq uyga qaytishni bahona qilib kasalxonaga bordi. Yigit ancha yaxshi ular uzoq suhbat qurishdi. Laylo yigitni yuragini siqmaslik uchun hech narsani aytmadi. Yigitni ko'ziga Laylo xuddi malikalardek ko'rindi. Oppoq yuzlaridan mehr yog'ilardi. Laylo yaqinroq kel dedi yigit. Laylo asta yaqinlasharkan shu 3- kun uni xayotida tushunarsiz yohud baxtli kunlari edi. Laylo menga 1-2 kunda uyga javob berisharkan, senga to'yib qarab olay maylimi dedi yigit. Yigit Layloga bildirmasada ichidan yig'lardi. Laylo bilasanmi hayotda shunday voqealar bo'ladiki taqdirga tan bermasdan iloji yo'q. Laylo: nega bunday deyabsiz tushunmadim dedi. Yigit boshimga tushgan ishni aytyabman dedi. Yigit Laylo ketgandan so'ng, bir qizga tel qilib bo'ldi tel qilaver dedi. Chunki yigitni oyoqlarini doktorlar cho'loq bo'lib qolish extimoli borligi haqida ogohlantirishgandi. Yigit oyoqlari sabab o'zini Layloga teng ko'rmasdi. Shu sabab bir qiz topib unga yordam berishini agar yordam bersa quruq qo'ymasligini aytgan. U qiz nima qilishini aytganida: yigit gapirdi. Men bir qizni sevaman, uni ismi Laylo men u qizni baxtsiz bo'lishini xoxlamayman. Men endi bir nogiron odamman u bu dunyoda xech narsaga zoriqmay, qiynalmay, ko'zidan yosh oqmay, turmushga chiqib baxtli yashashashi xoxlayman. Vaqti kelib xudo farzand berib farzandli bo'lsa, farzandini yelkasiga ko'tarib o'ynatib yuradigan mard yigitga ko'ngil berishi xoxlayman. Layloyimni dunyolarga alishmasdim, lekin taqdir emas ekan men tavakkal qilolmayman. Xozir meni unutishga qiynalar, lekin kelajakda baxtli bo'lib ketganda bu ko'z yoshlari unutilib ketadi. Xo'sh menga yordam berasizmi siz Layloga telefon qilib men b/n sevishishingizni, men ham sizni sevishimni aytasiz deb tayinlagan qizga telefonda ishora qildi. Laylo uyiga yetmasdan telefoni jiringladi. Qarasa begona raqamlar olib suhbatlashdi. Biroz vaqt o'tdi. Telefoni qo'lidan tushib ketdi. Uyiga qanday yetib borganiga o'zi ishonmadi. Tinmay bo'lishi mumkinmas shu gapni takrorlardi Dunyo ko'ziga tor b/b ketdi. Taqdiriga ming bor lanatlar aytdi. Oradan 2 kun o'tib kasalxonaga bordi. Yigitga uyga javob berishgan ekan. Laylo doctorlarni oldiga kirib Yigitni axvoli ketayotganda qandayligi so'radi. Doktorlar yigitni oyog'i yaxshi edi. Lekin keyingi rengen natijalari yaxshi chiqmaganligini agar yomon asorat qoldirsa yurmay ham qolishi mumkinligini aytishdi. Laylo yana bir narsani uni ko'rgani oldiga bir qiz kelarmidi deb so'radi. Sizdan boshqa qiz kelmagan uyidagilar kelishgan deyishdi. Laylo tashqariga chiqib Yigitga telefon qildi. O'chirilgan. Yigitni kutishga qaror qildi. Oradan mana bir yil o'tdi. Shu bir yil ichida telefoni biror marta yonmadi. Layloni uyiga sovchilar kelmay qo'ydi. U faqat yigitni kutardi. Shu bir yilda Laylo Yigitni dardiga shifo berishini Xudodan astoydil so'radi. Yigit ham o'ziga kelib yura boshlagandi. Faqat sal oqsog'lab yurardi, yana doktorlarga yigitni ko'rsatishdi. Ajoyib yangilik rengen natijalari yaxshi suyaklar yaxshi bitibdi. Faqat kamroq yurish va og'ir ish vaqtinchaga qilmay tursin deyishdi. Yigit xursandligidan doktorni quchoqlab rahmat, Yaratganga shukurlar aytdi. Va ertasiga Yangi nomerdan Layloga telefon qildi. Chaqiruv ovozidan xayajonlandi. Kimdir javob berdi. Alo kim bu. Layloni ovozi. Yigit: alo Laylo bu menman. Laylo: Salom. Yaxshimiz. Yigit: gaplashib olsak bo'ladimi? Laylo: nima haqida? Yigit : ikkimiz haqimizda! Laylo: xozir dazmol qilayotganidim. Keyinroq gaplashaylik. Yigit: extiyot bo'l yana kuydirib qo'yma. Sal hayolparastsan. Laylo: ajab bo'pti. Yigit: uylaringa mehmon kelmadimi? Laylo: hm keldi. Yigit: qaravorchi kimlar ekan. Laylo: voy, hoy sizi uyingizdagilarku? Yigit: bor choy olib chiq, onam b/ n ammamga salom berish esindan chiqmasin. Xayr. Laylo: xoy to'xtang! Yigit telefonni qo'yib ulgurgandi. |
|
Всего комментариев: 0 | |