![]() |
(16.06.2016 21:20) |
(16.06.2016 21:20) |
(16.06.2016 21:19) |
(14.06.2016 22:32) |
(14.06.2016 22:29) |
(14.06.2016 22:28) |
14:12 |
Menga tinmay og'zidan quloqgacha bo'lgan jilmayish smayldi jo'natardi. Ha og'zi qulog'ida xursandligidan. Men esa urra degan smayldi jo'natardim Xat yozib qoldi. - Qadrdon o'qishga kirganimga biror nima sovg'a qilmaysizmi? - Sovg'ani xam so'rap oladimi? sovg'ani so'rap olsa sovg'a bo'lmaydi. -Endi o'ziz indamaganizdan keyin aytdimda. - Okeyda nima sovg'a qilishim mumkun? - Rasmizi sovg'a qilmaysizmi? - a voy xali ertaroqmasmi? - vaqti kegandur axir bir yildan oshdi tanishganimizga. - mmmmmm. - chunarli qo'yavering vaqti keganda jo'natarsiz. (Voy tavba bu qanaqa odam biroz noz qilgandi xam tushunmaydiya) - xozi rasm tanlab olay jo'nataman. Oddiy rasm tanlash buncha muammo bo'lmasa. Rasmlarimi titkilayapmanu qaysi biri yaxshi chiqganini tanlay olmadim. Unisida ortiqcha kulib tushganman, bunisida xo'mrayib tushibman, bu xam bo'maydi. Topdim mana bunisini jo'nataman. Havo rang ko'ylakda sochlarimi yoyib tushgan rasmimni yoqarmikin ishqilib. - Rasmdi jo'natdim. -Tasavvur qilganimday borakansiz yuzizdan beg'uborligiz bilinyapti. Men qiynalip tanlap jo'natgan rasmimga bor yo'q izoxi shu bo'ldi, men ko'prog'ini kutgandim. Yana kuz keldi daraxtlar barglarini birma bir to'kib. U o'qishga ketdi. O'qishdaligiga agentga kamroq kirardi. Men tarmoqda yolg'iz o'tirardim. 10 minglap onlaynlar ichida yolg'iz. O'qishga kirdiyi o'zgarib qoldi. Kam gaplashardik buni o'qish bilan bo'lib vaqti bo'lmayotgani bilan izoxlardi. Meni xam ishlarim bor. Bir vaqtda yashaymizu bir birimizga vaqtimiz yo'q. Bazida 15 kunlap xam gaplashmasdik. Qishloq uyquga ketgan, uzoqdan faqat itlar xurishi eshitilgan sokin bir tunda menga xat yozdi agentga kiring muxum gap bor. Men xursand bo'ldim voy naxotki men kutgan o'sha mashxur lekin xamma xam aytolmaydigan uchta sexrli so'zni aytsa? - Salom tinchlikmi? - ha tinchlik maslaxatiz kerak. - ayting qo'ldan kelgancha xarakat qilaman. - bir qizni yoqtirib qoldim. - waw zo'rku kimakan u qiz ( hozi siz diydi nixoyat tan olarkanda, vuy men nima diyman) -Lola degan qiz u bilan o'qishga birga repititerga borgandik. Xa men tog'ri o'qigandim Osiyo emas Lola dep yozdi. Odamga alam qilarkan men ne orzular bilan kutgan so'zlarni boshqalar eshitsa. Qanchalar azob ekan sen kutgan baxtga o'zgalar erishsa. Men bilmapman sevgi buncha shafqatsiz bo'lishini. Ona onajon menga vafodor bo'l sodiq bo'l dep o'rgatibsizu. Seni sevmagandi sevma u dep azob chekma toshday qattiq bo'l dep nega o'rgatmagandiz. Yana xam meni kuchli tuqgan ekansiz. O'zimda kuch topa oldim baxtiga sherik bo'lishga - kulgan smayl (ko'zda yosh xar bir tomchida dunyo g'ami olam tashvishi yaxshi xam yoshlarimi ko'rmaydi) mubtalo bo'p qoldim deng. - Ha faqat aytsammi yo'qmi uni kecha metroda ko'rdim bilsez uni xar kun metroda kutamanu salom alikdan nariga o'tolmayman (men uni tarmoqda kutganimda u metroni kutarkan bir kam dunyo) - u qizga dab durustdan aytmang, avval bir narsanini baxona qilib telefon raqamini so'rang telefonda ozroq gaplashib ko'nglini toping faqat o'zga bildirmang. Qizlarni yuragiga yo'l quloqlari orqali bo'ladi. Xullas o'rangda. Lekin ko'p xolda qizlar musbat zaryadli magnitga o'xshaydi yaqinlashsez uzoqlashadi ,uzoqlashsez yaqinlashadi siz esa masofani toping. - Raxmat qadrdon dep chiqib ketdi. Tarmoqda yana yolg'iz qoldim o'n minglap odamlar ichida. Uni baxti uchun juda xursand bo'lsam. O'zim uchun o'ksib o'ksib uzoq yig'ladim. Pleyirimda Ozoda Saidzodani qo'shig'i. Men o'landi dardini totayapman onajon. O'z ko'ksimga o'zim tosh otayapman onajon. Sevganimga baxt tilab ko'xna dunyo ko'zguga. Qaytib chiqmas oy bo'lib botayapman onajon. Maslaxatlarim foyda berdi ular gaplashib turadigan bo'lishdi. U aytardiki siz bo'lmaganizda qiynalardim raxmat qadrdon shamday yoritdizda meni. Xa u tog'ri aytdi shamday faqat bir narsani esdan chiqardi. Sham qancha yoritgan sari o'z yorig'da qovrilib yo'qalib boradi xuddi menga o'xshab. Menga u qizdi rasmini xam jo'natdi. Bo'ylari uzun, sochlari lestinka qilib qirqilgan, sariqga bo'yalgan zamonaviy chiroyli qiz. Lekin qanchali chiroyli bo'lmasin ko'zimga yalmog'izday ko'rinardi sochlarini bitta bitta yulgum kelardi. U menga o'zlari xaqda gapirip berardi. Menga juda og'ir bo'lsada doimgiday uni yozganlarini mukammal xikoyaday o'qirdim. Yozardiyu xayoli mendamas meni axvolim u chun muxum emas. Endi xam baxtim, xam dardim bo'lgan sevgimi qalbimga sir qilib yashirib qo'ydim. Menga hech bo'lmasa do'stligini ximmat qilgani xam baxtim. DAVOMI BOR... |
|
Всего комментариев: 0 | |