Denwer haqida ma`lumot Demak, avval denwer o`zi nima uchun kerakligi haqida qisqacha gapirib o`tsam. Oddiy qilib aytsak, bu dastur kompyuteringizda "shaxsiy" xosting yaratish imkonini beradi. Uning yordamida PHP skriptlarni bemalol kompyuteringizda ishga tushirib sinovdan o`tkazishingizmumkin. Masalan, aytaylik Siz biror bir php skriptni o`zbek tiliga o`girmoqchisiz, online (internet)da bu ishni qilish uchun ancha vaqt va trafik ketadi. Kompyuter (offline)da esa oson va tez bo`ladi. Demak, ko`p gapirmasdan ishni boshlaymiz! Qiladigan vazifalarimiz: -Denwer dasturini komga yuklab olish; -Dasturni o`rnatish (Установка); -PHP skriptnikompyuterda ishga tushirish;
Denwer dasturini komga yuklab olish Avvalo denwer.ru ga kirib Скачать Денвер degan ssilkani bosamiz,ochilgan sahifadagi formaga ism familiyamizni, e-mail manzilimizni kiritamiz va Получить ссылку на скачивания tugmasini bosamiz. Bir ozdan so`ng pochtamizga Denwerni yuklab olish uchun ssilka keladi, komyuterimizga yuklab olamiz. Birinchi vazifa bajarildi! Tabriklayman :-) Dasturni o`rnatamiz (Установка) Denwer o`rnatilishi tugatilganda brauzer (Internet Explorer yoki Opera yoki Mozilla) ochilib, Денвер успешно установлен degan yozuv chiqadi. Tamom! Denwer o`rnatildi! Рабочий столда 3ta yorliq (ярлык) paydo bo`ladi (Start Denwer, Restart Denwer va Stop Denwer): Start Denwer -Denwerni ishga tushiradi Restart Denwer-Denwerni qaytaishga tushiradi. Bu ba`zida yangi xost qo`shganimizda kerak bo`ladi, bu haqida keyinroq batafsil gaplashamiz Stop Denwer-nomidan ko`rinib turibdiki, Denwer ishini to`xtatadi. Skriptlarimiz bilan ishlab bo`lganimizdan keyin, uxlash payti kelganda albatta denwerni ishini tugatish kerak!:-) Demak, Denwerni o`rnatib ham oldik! Tabriklayman ;-) Endi eng asosiy vazifamiz: kompyuterimizga yuklab olgan skriptimizni ishga tushirish qoldi. Bu ham 2x2 day oson! PHP skriptni kompyuterda ishga tushirish Denwerni ishga tushirmasdan avval Мой компьютер ga kiramiz, Локальный диск (Z) ga kiramiz,home papkasiga kiramiz va bitta papka yaratamiz, masalan sayt papkasi. Keyin o`sha papkaga kirib www degan papka yaratamiz. www papkasining ichiga php skriptimizni tashlaymiz va denwerni ishga tushiramiz (Рабочий стол dagi Start Denwer yorlig`i orqali). Endi Opera yoki Internet Explorer yoki Mozilla (kompyuteringizda qanaqa brauzer o`rnatilgan bo`lsa o`shanga) kiramiz va manzil yozadigan joyga localhost deb yozib Enterni bosamiz. Agar Ура, заработало! .... chiqsa, demak denwer ishlayapti! Endi manzil yoziladigan joyga sayt yoki http://sayt deb yozib Enterni bosamiz. Skriptimiz ishlaydi! Tabriklayman! Agar kompyuteringizda birorta ham php skriptingiz bo`lmasa, denwer ishlaganini bilishning yana bir yo`li bor: Notepad dasturiga kirasiz (agar ushbu dastur kompyuteringizda bo`lmasa o`rnatishni maslahat beraman), yangi php fayl yaratasiz va echo"Salom xo`jayin!"; ?> deb yozasiz va uni index.php deb sayt papkasidagi www papkasiga soxranit qilasiz. Operaga kirib sayt deb yozasiz va enterni bosasiz, Salom xo`jayin! yozuvi chiqsa demak server ishlayapti! Xullas, mana Denwerni ham o`rganib oldik, agar maqolada biror kamchilik bo`lsauzr so`rayman, yana biror nima esimga tushsa yozib qo`yaman=)
Manba: Nuriston.lark.ru
|