Fayllarni yashirish Ushbu maqolada fayllarni yashirish haqida gapirib o’tmoqchiman. Ba’zida birorta faylni shu kompyuterdan foydalanuvchi boshqa foydalanuvchilardan yashirishga to’g’ri keladi. Shu holatlarda qanday yo’l tutish kerak? 1. Eng oddiy usul: Yashiriladigan faylni iloji boricha ichma-ich joylashgan papka ichiga joylash. Va bu papkani e’tiborni jalb qilmaydigan nomda va joyda saqlash. Foydalanuvchi odatda Windows o’rnatilgan papkalarga kirmaydi, tabiiyki faylni shu papka ichiga joylash ham maqsadga muvofiq (C:\Windows\1\1\1\1\1\1\1\1\1\1\yashirilgan fayl). Xozir kimlardir shuyam yashirishmi deb miyig’ida kulishi mumkin (o’zim ham kulyapman))) Lekin qo’shimcha sifatida fayl nomini o’zgartirsak, faylni topishni biroz qiyinlashtirgan bo’lamiz. Deylik, bizda boshqalardan yashirish kerak bo'lgan fayl mavjud: yashirishkerak.doc. Shuni boshqalar nazaridan yashirish kerak. Endi ushbu fayl nomini yashirishkerak.doc dan systemdrv.dll fayliga o’zgartirsak, bu muammo hal. 2. Oddiy usul: odatda ko’pchilik foydalanuvchilar windowsning standart "provodnigi”dan foydalanadi. Bundaylardan fayl yoki papkani yashirish uchun papka nomini ko’rinmas simvolga o’zgartirib, rasmini hamo’chirib qo’yib qutulish mumkin. Ya’ni, papka nomi o’zgartirishga kirib, nom sifatida "Alt 255” yoki"Alt 160” ni bossak, ekranda ko’rinmas belgi hosil bo’ladi. Bunday ko’rinmas belgilar kodlash jadvalida yana bo’lishi mumkin. Papkani rasmini esa papkani ustida o’ng tomonni bosib chiqqan menyudan"Svoystva”->”Nastroyka”->”Smenit znachok” dan o’zgartiriladi. Ushbu papka yoki faylni attributini "yashirin” (hidden) qilib oddiy sozlangan"provodnik”da umuman ko’rinmaydigan qilish mumkin. Endi jiddiyroq usullar (dasturlar yordamida) 3. Papka/faylni shifrlovchi dasturlar yordamida, biror papkani dasturga ko’rsatilsa, bu dastur fayl tarkibini shifrlab, o’qib, tushunib bo’lmaydigan holatga keltiradi. Boshqa foydalanuvchi faylni ko’rgan, topgan taqdirda ham uning tarkibiga tushunmaydi, o’qiy yokiishlata olmaydi. Sizga ushbu fayl kerak bo’lsa, shifrlovchi dasturga kirasiz (dasturga kirishga parol qo’ygan bo’lasiz) va papka/faylni tanlasangiz, dastur faylni yana o’zholatiga qaytaradi. Fayldan foydalanib bo’lib, uni yana shifrlab qo’yasiz. Noqulay tomoni har safar fayl kerak bo’lganda uniqayta shifrdan ochib foydalanishingiz kerak. Qulay tomoni fayl ishonarli ximoyalangan bo’ladi va xat xabarlar jo’natishda va boshqa joylarda ham ishlatsa bo’ladi. Ushbu dasturga misol: PGP (pretty good privacy) dasturlari 4. Faylni haqiqatda yashiruvchi dasturlar yordamida. Ma’lumki operasion sistemada ishlayotgan har bir dastur papkalar, fayllar ro’yhatini olish, unga murojaat qilish uchun sistemaning ma’lum funksiyalariga murojaat qiladi. Ya’ni siz Total Commander dan papkalar ruyhatini ko’rayotganingizda yoki"console” orqali (cmd.exe) "dir” buyrug’ini berganingizda, bu dasturlar sistemaning funksiyasini chaqiradi, funksiya o’z navbatida qurilmadan papka fayllar ruyhatini izlab dasturlarga (bizni misolda TotalCommander va cmd.exe) papka va undagi fayllar ruyhatini beradi. TotalCommander ruyhatni olib o’zoynasida aks ettiradi. Faylni yashiruvchi dasturlar, sistemaning ushbu funksiyalariniqalbakilashtirib, aniqrog’i shu funksiyalarga "qopqon” (hook) qo’yib faylni yashirishga xizmat qiladi. Ya’ni bunday dasturlar yuqoridagi funksiyani o’z funksiyasi bilan almashtirib qo’yadi. Siz TotalCommander da biror papkani ichini ko’rmoqchi bo’lasiz, Total Commander papka ruyhatni olish uchun sistema funksiyasiga murojaat qiladi, lekin funksiya almashtirib qo’yilgan. Almashtirilgan funksiya, avvalo sistemaning haqiqiy fayllar ruyhatini beruvchi funksiyasini chaqirib, so’ng shu ruyhatda siz yashirgan papka/fayl nomi mavjud yoki mavjud emasligini tekshiradi. Ruyhatda siz yashirgan papka mavjud bo’lsa, papka nomini ruyhatdan olib tashlaydi va chaqiruvchi dasturga (Total Commander) xosil bo’lgan ruyhatni (yashirilgan papkalar ro’yhatda yo’q) qaytaradi. Total Commander ro’yhatni o’z oynasida aks ettiradi. Qarabsizki, papka/fayl guyoki "mavjud emas”. Faylni yashiruvchi dasturlarni o’rnatganingizda so’ng, unga biror bir parol qo’yasiz. Va yashirmoqchi bo’lgan papkalarni dasturga ko’rsatasiz. Dastur operasion sistema ishga tushganda avtomatik tarzda ishga tushadi, sistemadan chiqilmagunga qadar yuqoridagi amalni bajaradi. Biror bir foydalanuvchi bu dasturga kirmoqchi bo’lsa, parolni kiritishiga to’g’ri keladi (buni esa faqat siz bilasiz). Ushbu dasturga misol: HideFoldersXP Yuqoridagi 1 va 2- usullar oddiy lekin ba’zan foydasi tegishi mumkin.
Manba: Nuriston.lark.ru
|