Bozcity.Uz - Universal Portal Siz ushbu saytdan o'zingiz hohlagan ma'lumotlarni topishingiz mumkun. Musiqa, video kliplar, Rasmlar, Odnoklassniki sirlari, Hikoyalar, She'rlar, Latifalar, PHP Operatsion tizimi, HTML operatsion Tizimi, Internet yangiliklari har kungi har xil ma'lumotlardan habardor bo'shingiz mumkun. Bizdan Uzoqlashmang!!! Bu Hali Boshlanishi...
Мenu
Reklama
Top 10
                             
Реклама
Yangi Rasmlar
Bizning Savol
Оцените мой сайт

Результат опроса Результаты Все опросы нашего сайта Архив опросов

Всего голосовало: 32
Profil
Гость


Iltimos Saytdan Ro'yhatdan O'ting va O'z Profilingizga Kiring.


Rasmingiz Uchun Joy
So'ngi Izohlar
(16.06.2016 21:20)
2та талаба кизлар гаплашиб утиришибди.
-Гули учрашувга чикгим келмаяпти сен нима дейсан маслахат бер.
-Учрашувга чикишинг керак, хеч булмаса корнинг туйиб келасан

(16.06.2016 21:20)
иккита алкаш бир бирига
- хозир урнимдан туриб йуриб кетсам яна ичамиз
- йураолмасанчи
- унда тугри уйга кетамиз

(16.06.2016 21:19)
[size=8]Алло, бу циркми?
– Ҳа.
– Мен гапирувчи эшакман, мени
ишга олмайсизларми?
– Жуда яхши, айтинг-чи,
қўлингиздан нималар келади

(14.06.2016 22:32)
O’qituvchi o’quvchilardan so’rayapti:
- Bu qanaqa hayvonning skeleti?
Teshavoy darrov javob berdi:
- O’lgan hayvonniki…
biggrin

(14.06.2016 22:29)
-Ойижон дарахтдан тушириб куйинг, баландликдан куркаябман.
-Куркма углим сен дарахтдамас ердасан, Яна кимлигингни унитдингми, ахир сен жирафасан-ку...

(14.06.2016 22:28)
Birinchi sinfga birinchi kun borib kelgan o'g'lidan otasi so'rayabdi.
-Yozishni o'rgandinmi o'g'lim?
-Xa o'rgandim dada.
-Birinchi kundan yozishni o'rgatgan bo'lsa, nima deb yozding?
-Bilmadim, o'qishni o'rgatmadi

Reklama
Biz Bilan Aloqa


Statistika
Всего чел. на сайте: 4671
Новых за месяц: 0
Новых за неделю: 0
Новых вчера: 0
Новых сегодня: 0
Счетчики
Онлайн лист
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Cегодня нас посетили
Batareyka haqida ikkiog‘iz so‘z
09.12.2014, 18:33 Telefonning eng asosiy qismi qaysi, bilasizmi? Menimcha – bu batareyka. Chunki usiz telefon hyech narsaga yaramaydi-da. Shuning uchun bugungi maqolamizni butkul ularga bag‘ishlaymiz. Bugungi kunda asosan li-ion (Litiy-ionli) va li-pol (Litiy-polimer) batareykalar qo‘llaniladi. Yana boshqa turdagilari ham ko‘p, lekinularni nomma-nom sanab boshingizni og‘ritib o‘tirmayman. Chunki bizni qiziqtirgan masala lug‘at boyligimizni oshirish emas, batareykaning umrini uzaytirish. Batareykalarning «umri» nima bilan o‘lchanadi? Ularning hajmi bilan. Ya'ni, bir zaryadka qilingandan keyin qanchalik uzoqqa yetishi bilan. E'tibor bergan bo‘lsangiz, boshida bitta zaryad qilib olib, bir necha kun ishlatgan batareykangiz bora-bora bir kunga zo‘rg‘a yetadigan bo‘lib qoladi. Ishlab chiqaruvchilar ana shuni «batareykaning umri» deydilar. Qachon uning hajmi kitobida yozilganidan 80 foizga kamayib ketsa, umri tugagan sanaladi. Bizlarda batareykalarni ko‘p zaryad qilish yaxshi emas, degan tushuncha mavjud. Aslida esa, litiy-ionli akkumulyatorlarga vaqt o‘tishi ko‘proq zarar yetkazadi. Mutaxassislarga ko‘ra, batareykaning o‘rtacha umri 3-5 yil. Demak, batareyka sotib olayotganingizda uning ishlab chiqarilgan sanasiga e'tibor bering – agar u do‘konda yarim yilsotilmay qolib ketgan bo‘lsa, demak umrining kamida 10 foizini yashab bo‘lgan bo‘ladi. Batareyka «salomatliligi»ga harorat ham kuchli ta'sir qiladi. 25 darajadan yuqori haroratda ukuchsizlanib boradi, 60 daraja esa, uning mazasini qochirib qo‘yadi (ko‘chada harorat 40 bo‘lganda, shimingiz cho‘ntagida bemalol 60 daraja chiqadi). Shuningdek, qiziqarli tomoni, batareyka ham o‘zimizga o‘xshaydi – qornini juda to‘q qilib ham, juda och qilib ham olib yuribbo‘lmaydi. Zaryad darajasi 40-80 foiz bo‘lsa, shu eng yaxshisi. Bu umumiy gaplar edi. endi aniq tavsiyalarga o‘tamiz. 1. Telefonda «ekonom» rejimida ishlashga o‘rganing. Birinchi navbatda klavish bosilganda ovoz chiqishi va klavish tagi yorishishi funksiyalarini o‘chirib qo‘ying. 2. Imkoni boricha vibratsiyadan kamroq foydalaning, u energiyani ochofatlarcha yamlamay yutadi. 4. Yangi yoki uzoq vaqt ishlatilmagan batareykani kamida 14 soat zaryadlash kerak. Agar ekrandagi indikator batareyka to‘lganini ko‘rsatsa ham, 14 soatdan kamaytirmang. Lekin, ortiqchasiyam kerak emas – 24 soatdan uzoq zaryadkada qoldirmang, ko‘p ovqat yeyish yaxshilikka olib kemaydi. 5. Batareykani bir gal kamroq darajagacha zaryad qilsangiz, keiyngi gal ana shu darajani u o‘ziuchun «mo‘ljal» qilib oladi, undan ko‘p zaryad qila olmay qolasiz. Bunday «xotira» effektidan qutulish uchun ikki-uch marta batareykani to‘liq bo‘shatib, qaytadan to‘liq zaryad qilish foydaberadi. 6. Uzoq vaqt batareykani ishlatmay qoldirmang. Litiy-ionli batareykalar ishlatilmasa ham kuniga 1 foizgacha hajmini yo‘qotib boradi. 7. Zaryadning «0»ga tushib qolishini kutib yurmang. Juda ochqab ketgandan so‘ng kuchli ovqat yeyish batareykaga ham salbiy ta'sir qiladi. Lekin, onda-sonda batareykani butunlay bo‘shatib, keyin to‘liq zaryad qilib turish foydali. Bu xuddi ochlik bilan davolashdek gap – doim ochyurish mumkinmas, lekin ba'zi-ba'zida qilib turish kerak. 8. Harorat ko‘tarilgani sari, batareyka tezroq «o‘tira» boshlaydi. Shuning uchun ham, uzoq vaqt NURISTON.TK ishlatmaydigan bo‘lsangiz, batareykani sovutgichning pastroq joyiga qo‘yib qo‘ying. Mening bilganlarim ana shu. Agar siz yanayam ko‘proq ma'lumotga ega bo‘lsangiz, bemalol bizga yozib yuboring, ularni kelgusi sonlarimizda yoki saytimizda albatta chop etib, tengdoshlar bilan o‘rtoqlashamiz.

Manba: Nuriston.lark.ru




Ko'rildi: 493 | Добавил: admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0





Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]