Bozcity.Uz - Universal Portal Siz ushbu saytdan o'zingiz hohlagan ma'lumotlarni topishingiz mumkun. Musiqa, video kliplar, Rasmlar, Odnoklassniki sirlari, Hikoyalar, She'rlar, Latifalar, PHP Operatsion tizimi, HTML operatsion Tizimi, Internet yangiliklari har kungi har xil ma'lumotlardan habardor bo'shingiz mumkun. Bizdan Uzoqlashmang!!! Bu Hali Boshlanishi...
Мenu
Reklama
Top 10
                             
Реклама
Yangi Rasmlar
Bizning Savol
Оцените мой сайт

Результат опроса Результаты Все опросы нашего сайта Архив опросов

Всего голосовало: 32
Profil
Гость


Iltimos Saytdan Ro'yhatdan O'ting va O'z Profilingizga Kiring.


Rasmingiz Uchun Joy
So'ngi Izohlar
(16.06.2016 21:20)
2та талаба кизлар гаплашиб утиришибди.
-Гули учрашувга чикгим келмаяпти сен нима дейсан маслахат бер.
-Учрашувга чикишинг керак, хеч булмаса корнинг туйиб келасан

(16.06.2016 21:20)
иккита алкаш бир бирига
- хозир урнимдан туриб йуриб кетсам яна ичамиз
- йураолмасанчи
- унда тугри уйга кетамиз

(16.06.2016 21:19)
[size=8]Алло, бу циркми?
– Ҳа.
– Мен гапирувчи эшакман, мени
ишга олмайсизларми?
– Жуда яхши, айтинг-чи,
қўлингиздан нималар келади

(14.06.2016 22:32)
O’qituvchi o’quvchilardan so’rayapti:
- Bu qanaqa hayvonning skeleti?
Teshavoy darrov javob berdi:
- O’lgan hayvonniki…
biggrin

(14.06.2016 22:29)
-Ойижон дарахтдан тушириб куйинг, баландликдан куркаябман.
-Куркма углим сен дарахтдамас ердасан, Яна кимлигингни унитдингми, ахир сен жирафасан-ку...

(14.06.2016 22:28)
Birinchi sinfga birinchi kun borib kelgan o'g'lidan otasi so'rayabdi.
-Yozishni o'rgandinmi o'g'lim?
-Xa o'rgandim dada.
-Birinchi kundan yozishni o'rgatgan bo'lsa, nima deb yozding?
-Bilmadim, o'qishni o'rgatmadi

Reklama
Biz Bilan Aloqa


Statistika
Всего чел. на сайте: 4671
Новых за месяц: 0
Новых за неделю: 0
Новых вчера: 0
Новых сегодня: 0
Счетчики
Онлайн лист
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Cегодня нас посетили


LG Electronics L90 smartfonini namoyish etdi
20:55

Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tgan MWC—2014 ko‘rgazmasida LG’ning LIII seriyali smartfonlari namoyish etildi. Ushbu seriya modellari uchta: eng kichigi L40, o‘rtachasi L70 va eng kattasi L90 bo‘lib, ular internet-manbalardan, ijtimoiy tarmoqlardan, pochtadan va turli biznes dasturlaridan faol foydalanuvchilar uchun juda mos keladi, deb xabar beradi LG Electronics kompaniyasi matbuot xizmati.

Tashqi ko‘rinishi

Qora va oq ranglarda sotuvga chiqarilayotgan LG L90 smartfoni qulay o‘lchamlarda va chetlari doirasimon korpusda bo‘lib, orqa qopqog‘i lak shimdirilgan matoga o‘xshash ko‘rinishga ega. Bu korpus qurilmani barmoq izlaridan himoyalaydi. Smartfon butunlay plastikdan qilingan bo‘lib, uning yon qismiga metallsifat kumushrang tasma tushirilgan. Apparatning bloklash tugmachasi o‘ng tomonda, ovozni boshqaradigan tugmasi esa har doimgidek chapda joylashtirilgan. Ekranning quyi qismida uch asosiy funksiya tugmalaridan tashqari, zarur holatlarda ikki SIM-kartaning biridan foydalanish uchun maxsus yaratilgan to‘rtinchi tugma ham o‘rnatilgan.

LG L90 smartfonining ekrani katta bo‘lib, uning diagonali 4,7 dyuymni, displeyi esa 940×540 o‘lchamni tashkil etadi. IPS matritsa, hattoki, quyosh tushib turganida ham oson o‘qilishi uchun qulay yorqinlik zaxirasiga ega. Smartfonga 8 megapikselli kamera o‘rnatilgan bo‘lib, u 3264×2448 piksel hajmida suratga oladi. Kuchli yoritgich esa qorong‘i holatda ham sifatli suratga tushirish imkonini beradi. Kamera 1920×1080 piksellarda (30 fps), HD sifatida videoga olishi mumkin.

Qurilmaviy qismi

Operativ xotira 1 Gb, ichki xotira esa 8 Gbga teng. Shuningdek, smartfonga 32 gigabaytli micro SD kartalarini o‘rnatish mumkin. LG L90 maksimal chastotasi 1,2 GGs bo‘lgan kuchli to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 400 chipida ishlaydi. 2540 mAh sig‘imli akkumulyator quvvati o‘rtacha 15—16 soat ishlatish uchun yetadi, ammo to‘xtovsiz o‘yinlar o‘ynash yoki videolar ko‘rish uchun qo‘shimcha quvvatlash kerak bo‘ladi.

L90’ga kiritilgan infraqizil porti yordamida smartfondan televizorlar, DVD/BR pleyerlar uchun pult sifatida ham foydalanish mumkin.
Dasturiy qismi, KnockCode

So‘nggi versiyadagi GoogleAndroid 4.4.2 (KitKat) apparati LG Electronics yangiliklari bilan to‘ldirilgan. Masalan, “to‘la hajmli skrinshot” funksiyasi veb-sahifalar nusxalarini to‘lig‘icha saqlab qolish imkonini beradi. “Smart-bufer” esa maxsus sahifa elementlaridan ko‘p nusxa olish uchun yaratilgan bo‘lib, bu keyinchalik hujjatda ularning har biridan alohida foydalanish imkoniyatini beradi.

Shubhasiz, smartfonning eng qiziqarli funksiyasi KnockCode’dir. Endi foydalanuvchilar ekranga bilinar-bilinmas taqillatish orqali qurilma displeyini blok rejimidan osongina chiqarishlari yoki ushbu rejimga kiritishlari mumkin. Shuningdek, KnockCode yordamida ma’lumotlar ishonchli himoyalanadi.


 

Bo'lim: Dunyo Yangiliklari | Ko'rildi: 627 | Qo'shdi: admin | Reyting: 0.0/0
Barcha Izohlar: 4
     
           
     
             0                             Спам   
     
Shaha   (21.08.2014 23:27)     
     
     
Salom   
     
     
           
     
             0                             Спам   
     
admin4894   (18.08.2014 02:40)     
     
     
qanaqa gap kere   
     
     
           
     
             0                             Спам   
     
qiziqchi   (18.08.2014 02:39)     
     
     
nimagap   
     
     
           
     
             0                             Спам   
     
qiziqchi   (18.08.2014 02:38)     
     
     
salomalekum qalisizlar   
     
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]