![]() |
(16.06.2016 21:20) |
(16.06.2016 21:20) |
(16.06.2016 21:19) |
(14.06.2016 22:32) |
(14.06.2016 22:29) |
(14.06.2016 22:28) |
16:42 | |
Xitoyning Guanchjou shahrida yashovchi dasturchi yigit o‘z sevgilisining qo‘lini so‘rash uchun 99 ta iPhone 6 smartfonidan yurak shaklini yasadi. Yigitning fikricha, iPhone’lardan yasalagan yurak shakli nikoh uzugining o‘rnida bo‘lishi kerak edi. Shuningdek,uning qo‘lida bitta guldasta ham bo‘lgan. Biroq, qiz ko‘plab guvohlar qarshisida yigitning taklifini rad etgan. Dasturchi Apple smartfonlarini sotib olish uchun deyarli 80 ming dollar sarflagan. Bu uning ikki yillik, o‘rtacha maosh oladigan xitoylik ishchining 17 yillik daromadiga teng. Xitoyning mashhur Wiebo tarmog‘idagi bloggerlarning yozishicha, yigit qizdan “iPhone 6 yuragi”ning ichiga kirishini so‘ragan, qizning nega rad javobini berganiga aniq sabab ma’lum emas, ammo u qat’iyan inkor qilgan. Hozirda xitoylik “Romeo” pulini qaytarib olish maqsadida sevgi izhori uchun xarid qilgan iPhone 6 smartfonlarini sotish bilan ovora! Menimcha, qiz to‘g‘ri qilgan! Birinchidan iPhone 6 bilan sevgi izhori qilish yigitning boy ekanligini bildirishimi? Ikkinchidan sevgisi rost bo‘lganda, harajatlarini qoplash uchun sevgi izhorida ishlatgan smartfonlarini boshqalarga sotmagan bo‘lar edi | |
|
Barcha Izohlar: 0 | |