![]() |
(16.06.2016 21:20) |
(16.06.2016 21:20) |
(16.06.2016 21:19) |
(14.06.2016 22:32) |
(14.06.2016 22:29) |
(14.06.2016 22:28) |
|
Milliy Forum BozCity.UZ va Forum haqida Forum Qoidalari Forum qoidalari (Umumiy qoidalar) |
Forum qoidalari |
![]() ![]() ![]() admin (02.05.2016 20:40)
Ushbu forum qoidalarini bilmaslik sizni javobgarlikdan ozod qilmaydi, shuningdek ularni bilmaslikning o`zi qoida buzarlik hisoblanadi.
Umumiy qoidalar 1.1 Forumda tartib uchun Administrator va maxsus tayinlangan Moderatorlar javob beradi. Ular qoidalarga to'g'ri kelmaydigan har qanday xabar yoki mavzuni ogohlantirishsiz yopish, o'chirish, tahrirlash huquqiga egadir. * 1.2 Qoidalarni bilmaslik sizni jazodan ozod qilmaydi, aksincha bu ham qoida buzarlik hisoblanadi. * 1.3 Forumda umumiy til o'zbek tilidir. Faqat noilojiy vaziyatlardagina boshqa tildan foydalanishga vaqtincha ruhsat etiladi. 1.4 Forumdan ro'yhatdan o'tishingiz qoidalarga roziligingizni anglatadi. 1.5 Qoidalarda keltirilmagan boshqa vaziyatlar bo'yicha masalalarni Administrator hal qiladi. 1.6 Administrator, foydalanuvchi kiritgan ma'lumotlar uchun javobgar emas. 1.7 Administrator qoidalarga o'zgartirish kiritish va yangilarini qo'shish huquqiga ega. 1.8 Foydalanuvchi o'ziga qo'yilgan aybni boshqa birovga to'nkashga hojat yo'q. Har kim o'zi uchun javob beradi. 1.9 Munosabat Foydalanuvchilar xabarlar, tangalar soni, mansabi yoki ro'yhatga olingan vaqtiga qarab emas balki boshqalarga yordamiga qarab baholanadi. Forumda murojat "siz" bilan bo'ladi, foydalanuvchini katta-kichikligiga qaramasdan. * 2.0 Firibgarlik Forumda firibgarlik bilan shug'ullanish ya'ni forum foydalanuvchilarni aldab, moddiy-manaviy zarar keltirish, eng katta qoidabuzarlik hisoblanadi. Bundaylarga forumda umuman o'rin yo'q. * 2.1 Dasxat Foydalanuvchi forumdagi dasxatida nostandart belgilardan foydalanish, reklama, so'kinish va shuningdek forumning boshqa qoidalarida taqiqlangan holatlar bo'lishi man etiladi. Qarshilik * 2.1 Agar foydalanuvchi qoidalarga qarshilik qilsa, uni akkounti ma'lum muddatga bloklanadi yoki umuman o'chirib tashlanadi. 2.2 Arzlarni faqat Administratsiya a'zolari ko'rib chiqib, qaror qabul qiladi va qaror sabablarini yashirish huquqiga ega. * 2.3 Foydalanuvchi ban olgan paytda boshqa akkountidan xabar qoldirsa ban muddati uzaytiriladi va boshqa akkountlari o'chiriladi. 2.4 Agar foydalanuvchi akkountini butunlay o'chirilishini xohlasa, bu haqida Administratorlarga shaxsiy xabar yo'llashi lozim. Ma'lum muddat ichida talabingiz qondiriladi. 2.5 Qaysi moderatorni noxaq deb hisoblasangiz, bu haqida batafsil Administratorga shaxsiy xabar orqali arz qilishingiz mumkin. Ro'yhatdan o'tish * 3.1 Har bir foydalanuvchi faqat bitta akkount ochishi mumkin. Boshqa akkountlar ogohlantirishsiz o'chiriladi. * 3.2 Boshqa foydalanuvchilarni nikini nusxalashtirish (klonlashtirish) taqiqlanadi. * 3.3 Tahallus (nik) tarkibida haqoratli so'zlar, sayt nomlarini ishlatish taqiqlanadi. * 3.4 Tahallus (nik) tarkibida maxsus belgilardan foydalanish taqiqlanadi. * 3.5 Akkountni birovga berish yoki sotish taqiqlanadi. 3.6 1) Agarda siz forum qoidalarini ko'p marotaba buzgan bo'lsangiz yoki ko'p akkountga ega bo'lsangiz sizni akkountingiz o'chiriladi, lekin qoldirgan xabar va mavzularingiz o'chirilmaydi. 2) Agarda siz o'z xohishingiz bilan akkountingizni o'chirilishini so'rasangiz unda quyidagicha yo'l tutiladi: Akkountingiz o'chirilmaydi, lekin deaktivlashtiriladi. Qoldirgan xabar va mavzularingiz o'chirilmaydi. 3) Agarda siz o'z xohishingiz bilan akkountingizni deaktivatsiya qilinishini so'rasangiz unda talabingiz qoldiriladi. Akkountingizni yana aktivlashtirish Administratsiya tomonidan deaktivatsiya sabablarini ko'rib chiqgan holda qaror qabul qilinadi. Mavzu ochish 4.1 Bir xil o'xshash mavzu Bir xil o'xshash mavzular ochish taqiqlanadi. Agarda shunday mavzu bor bo'lsa (agar yopilgan bo'lsa Moderatorlarga murojat qiling) o'sha mavzuda davom ettiring. 4.2 Flud mavzu Bir vaqtning o'zida podforumlarda bir xil mavzular yaratish taqiqlanadi. 4.3 Yopilgan mavzularni davom ettirish Ma'muriyat tomonidan yopilgan mavzularni davom ettirish taqiqlanadi. * 4.4 Hech qanday ma'lumotga ega bo'lmagan mavzu nomlari Mavzu nomi uni tarkibini (qisman bo'lsada) aks ettirishi lozim. "Yordam kerak", "Muammo bor" kabi ko'rinishdagi mavzular ogohlantirishsiz o'chiriladi yoki o'zgartiriladi. * 4.5 Aniq bir foydalanuvchiga murojat Forumda ma'lum bir foydalanuvchiga qaratilgan mavzu ochish taqiqlanadi. Bunday vaziyatlarda shaxsiy xabarlardan foydalanishingiz mumkin. * 4.6 Ajratib ko'rsatilgan mavzular Mavzularni nomlash faqat katta harflarda (bunga extiyoj bo'lmasa ham) foydalanish va har xil belgilar bilan bezak berish taqiqlanadi. * 4.7 Tematika Millatchilik, davlat siyosatiga aralashish, diniy mavzulardagi mavzular qat'iyan taqiqlanadi. * 4.8 Podforumlar uchun alohida mavzular Bazi podforumlarda shu bo'lim uchun mavzu qoidalar mavjud, ular bilan tanishib chiqib amal qilishingiz lozim. Xabar qoldirish * 5.1 Flud Mavzularda takroriy xabarlar qoldirish taqiqlanadi. * 5.2 Offtop (mavzudan chetlashish) Belgilangan mavzudan chetlashish, mavzuga aloqador bo'lmagan xabar qoldirish taqiqlanadi. * 5.3 Fleym Shaxsiy adovat sababli qo'pol ohangda (tekkizib) gapirish, masxaralash taqiqlanadi. * 5.4 Reklama To'g'ridan to'g'ri ssilka o'rnatib, ruhsat etilmagan joylarda saytga taklif qilish taqiqlanadi. Shu jumladan referal ssilka qo'yish ham ta'qiqlanadi. Reklama uchun alohida bo'limimiz mavjud. * 5.5 So'kinish Senzuraga to'g'ri kelmaydigan so'zlardan foydalanib xabar qoldirish taqiqlanadi. * 5.6 Noto'g'ri ma'lumot Xabar matni noto'g'ri, yolg'on ma'lumotlardan iborat bo'lmasligi shart. * 5.7 Xabarlarni bezatish Xabar matnini quyidagi yo'llar bilan bezatish taqiqlanadi: 1) haddan ortiq smayllar 2) jargon so'zlar 3) grammatik xatolar 4) har-xil rang berish, shriftlarni o'zgartirish * 5.8 Qoidabuzarlikga undash O'zb. Res. qonunlarini yoki forum qoidalarini buzishga undovchi xabarlar qoldirish taqiqlanadi. * 5.9 Targ'ibot Zo'ravonlik, fashizm, terarizm, irqchilik, millatchilik, din va boshqa O'zb. Res. qonunlarida taqiqlangan holatlarni targ'ib qilish taqiqlanadi. * 5.10 Buzg'unchi dasturlar Buzg'unchi dasturlar ya'ni virus, spamer, shell va hokozolarni kabi dasturlarni forumga yuklash yoki yuklash uchun ssilka qo'yish taqiqlanadi. * 5.11 Mualliflik huquqi Mualliflik huquqiga ega bo'lgan maqola, dastur va hakozolarni muallif ruhsatisiz tarqatish, so'rash taqiqlanadi. * 5.12 Ma'muriyat ishlarni tahlil qilish Ma'muriyat ishlarni ochiqdan ochiq tahlil qilish taqiqlanadi. Savollar, muammolar kelib chiqqan holda shaxsiy xabar orqali ma'muriyat bilan bog'lanishingiz mumkin. * 5.13 Qarz so'rash Pul vositalari(forum tangasi)ni o'zingiz yoki biron kim uchun qarzga so'rash taqiqlanadi. * 5.13 Xizmatlar Spam, hisoblagichlarni suniy oshirish, buzg'unchilik xizmatlarini taklif qilish yoki sotish taqiqlanadi. * 5.14 Ruhsatsiz moderatorlik qilish Ruhsatsiz moderatorlik bilan shug'ullanish, boshqa foydalanuvchilarga tanbex berish taqiqlanadi. Qoidabuzarlik haqida xabar berish uchun "Arz" ssilkasini bosishingiz kerak. * 5.15 To'g'ri yozish Iltimos, o'zbek tili grammatikasini buzmagan holda xatosiz yozishga harakat qiling. Bu sizni bilim saviyangizni bildirib turadi. Harflarni turli belgilar bilan qisqartirib yozish (ch-4, o'-6, sh-w) taqiqlanadi. Adabiychaga yaqin bo'lgan shevalarda yozishga qisman ruhsat etiladi. * 5.16 Reytingni oshirish Har qanday holatda reytingni oshirishni so'rash taqiqlandi. * 5.17 Qo'shimcha qoidalar Ba'zibir podforumlarda shu podforumga tegishli qo'shimcha qoidalar mavjud. Xabar qoldirishda shu qoidalarga amal qilinishi shart. * 5. 18 Manba ko'rsatish Boshqa saytlardan forumga yoki aksincha ma'lumot ko'chirganda o'sha saytning manzili (manba) ko'rsatilishi shart. Masalan: "Manba: shaddod.ru" Manba ko'rsatishdan oldin, ma'lumot haqiqatdan ham shu saytga tegishli ekanligini tekshirib ko'ring. "Qaroqchi" saytlarga qo'yilgan manba haqiqiy hisoblanmaydi. * 5.19 Iqtibos qilish Sizdan oldin yozilgan xabar (post) ni zarurat bo'lmasada to'liqligicha iqtibos qilish ya'ni katta hajmli postlarni sitata qilish (overquoting) taqiqlanadi. Tavsiyalar 6.1 Suhbatdoshingizga hurmat bilan munosabatda bo'ling, fikrlaringizni tushunarli va aniq faktlar yordamida bayon eting. 6.2 O'zingizni haqorat qilindi deb hisoblasangiz ham unga haqorat bilan javob qaytarmang. Biroz kuting yoki ma'muriyat a'zolariga shaxsiy xabar orqali xabar bering. Qolganini ma'muriyat a'zolari hal qilishadi. 6.3 Agar qoidabuzarlikni ko'rsangiz, bu haqida forumga jar solishni keragi yo'q. "Arz" ssilkani bosing va sababini yozib qoldiring, ma'muriyat a'zolari ko'rib chiqib chora ko'rishadi. 6.4 Savol berish yoki mavzu ochishdan oldin, forumdan izlab ko'ring, balki sizni qiziqtirayotgan narsa allaqachon bor bo'lishi mumkin. |
| |||
| |||